O‘zbekiston | 19:37 / 12.04.2023
32026
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo shifokorlarining maoshi taqqoslab ko‘rildi

O‘zbekiston shifokorlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda.

O‘zbekiston shifokorlarining o‘rtacha maoshi 2,6 mln so‘mga ($231) teng, bu Markaziy Osiyo davlatlari ichida uchinchi ko‘rsatkich, deb hisoblamoqda Asia-Plus.

Eng yuqori maosh qozog‘istonlik shifokorlarga tegishli bo‘lib, 416 ming tenge yoki 923 AQSh dollariga teng.

Ikkinchi o‘rinda - turkmanistonlik shifokorlar. Ularning o‘rtacha maoshi 548-1580 manat yoki 156-451 AQSh dollarini tashkil qiladi.

To‘rtinchi o‘rinda – qirg‘izistonlik shifokorlar. Ularning o‘rtacha maoshi 19,3 ming qirg‘iz so‘mi yoki 221 AQSh dollariga teng.

Eng past maoshni tojikistonlik shifokorlar olyapti. Ularning o‘rtacha maoshi 1550 somoniy yoki 142 AQSh dollariga teng.

Xabarga ko‘ra, malaka darajasiga, ish stajiga va navbatchilik kunlarining soniga qarab, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida shifokorlar sog‘liqni saqlash muassasalarining pulli xizmatlari hisobiga ish haqiga qo‘shimcha haq oladi.

Mavzuga oid