Sport | 22:44 / 24.04.2023
28937
2 daqiqa o‘qiladi

CAFA Millatlar kubogi ishtirokchi milliy jamoalari e’lon qilindi. O‘zbekiston «A», Eron «B» guruhida

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan ilk marta milliy jamoalar ishtirokida o‘tkaziladigan yangi turnir – CAFA Nations Cup (CAFA Millatlar kubogi) deya nomlanib, unda qaysi jamoalar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

Xalqaro turnir qur’a tashlash mexanizmiga ko‘ra, qur’a tashlash marosimi 26 aprel kuni o‘tkaziladi. Musobaqada jami 7 milliy jamoa ishtirok etadi. Ular orasidan Ummon turnir mehmoni sifatida taklif etilgan.

Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga ajratildi. O‘zbekiston milliy jamoasi 1-savatchadan o‘rin oldi va ikki mezbondan biri sifatida «A» guruhidan o‘rin oladi.

CAFA Millatlar kubogi.
1-savatcha: Eron, O‘zbekiston («A» guruhi mezboni)
2-savatcha: Qirg‘iziston («B» guruhi mezboni), Tojikiston 
3-savatcha: Turkmaniston, Afg‘oniston
4-savatcha: Ummon. 

Savatchalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston bilan bir guruhdan Tojikiston, Turkmaniston/Afg‘oniston va Ummon joy oladi. Bishkek mezbonligidagi «V» guruhidan esa Eron, Qirg‘iziston va Turkmaniston/Afg‘oniston joy oladi. Guruh bosqichi 11, 14, 17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Final va 3-o‘rin uchun o‘yin 20 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Rossiya milliy jamoasi ushbu turnirda qatnashish taklifini rad etgandi.

Mavzuga oid