Podolyak: Rossiya Ukrainaga raketa hujumi taktikasini o‘zgartirdi
Rossiya harbiylari Ukrainaga raketa hujumlari taktikasini o‘zgartirib, tinch aholi obektlarini nishonga olyapti, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak milliy telemarafon efirida.
"Taktikada ma’lum bir o‘zgarish borligi aniq. Bunga shubha yo‘q, chunki ular aynan fuqarolarga, ko‘p qavatli uylarga yoki fuqarolar turar joylari ko‘p bo‘lgan joylarga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar berishmoqda", - dedi u.
Podolyak Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi aynan shunday taktikadan foydalangan holda qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani haqida bir nechta versiyalarni bildirdi.
Xususan, uning fikricha, rossiyalik harbiylar Ukrainada, masalan, Ukraina Qurolli kuchlari tegishli tayyorgarliksiz qarshi hujumga o‘tishi uchun muayyan reaksiyalarni qo‘zg‘atmoqchi.
Moskva, shuningdek, ukrainalik tinch aholining o‘ldirilishi taassurotlari ostida shoshilinch muzokaralar o‘tkazishni talab qila boshlashi mumkin bo‘lgan G‘arb davlatlari aholisiga ham ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda, dedi Podolyak.
"Uchinchi sabab shundaki, ular qish va kuzda hujum qilgan trayektoriyalar bo‘ylab hujum qilish mumkinmi yoki yo‘qmi, bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab o‘tib tinch aholiga hujum qilish mumkinmi yoki yo‘qmi, shularni tushunishni istashmoqda. Biz osmonni butunlay yopdikmi yoki yo‘qmi, shuni bilishmoqchi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024