Ukraina: Qora dengizda Rossiyaning 17 ta harbiy kemasi bor
Rossiyaning 17 ta harbiy kemasi Qora dengizda jangovar navbatchilik qilmoqda. Bu haqda Ukraina harbiy-dengiz kuchlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qora dengizdagi kemalar orasida, jumladan 3 ta “Kalibr” qanotli raketa tashuvchisi ham mavjud.
Shu bilan birga, Azov dengizida Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining 2 ta kemasi, O‘rta Yer dengizida esa 5 tagacha kemasi, shu jumladan, bitta "Kalibr"larga ega raketa tashuvchi bor, deya qo‘shimcha qildi Ukraina tomoni.
Avvalroq Rossiya Qora dengiz floti kemalari Mikolayivga raketa zarbalari bergandi.
27 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Mikolayivni o‘qqa tutdi, shaharga 4 ta "Kalibr" raketalari otildi, deb xabar berdi shahar rahbari Aleksandr Senkevich. Dekabr oxiridan beri Mikolayivda bunday hujumlar bo‘lmagan, dedi u OAV efirida.
Senkevichning so‘zlariga ko‘ra, raketalar turar joy binolariga tushgan, zarba berilgan joy yaqinida harbiy obektlar yo‘q, hozirda shaharda ham harbiylar deyarli qolmagan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, raketa hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, 23 kishi, jumladan bir bola jarohatlangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy "Kalibr" raketalari Qora dengizdan uchirilganini, "yuqori aniqlikdagi qurollar xususiy uylar, tarixiy bino va ko‘p qavatli binoga qaratilgan"ini aytdi.
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024