Jahon | 13:22 / 18.05.2023
10819
2 daqiqa o‘qiladi

Business Insider "Putinning bunkeri" sxemalarini e’lon qildi

The Business Insider nashrining yozishicha, "Putinning saroyi" sxemalari kamida 2016 yildan beri internetda mavjud. Ular bino ostida mustahkamlangan xonalar va tunnellar borligini ko‘rsatadi.

Videodan kadr

17 may, chorshanba kuni Business Insider Gelenjik yaqinidagi “Putin saroyi” deb ataluvchi inshoot sxema va chizmalarini e’lon qildi, u bino ostida mustahkamlangan xonalar borligini ko‘rsatadi. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlar kamida 2016 yildan beri internetda mavjud. Ular bajarilgan ishlar namunasi sifatida “Metrostil” loyiha kompaniyasi saytida joylashtirilgan. Ularda obekt pansionat deb ataladi.

Chizmalar shuni ko‘rsatadiki, saroy ostida yerusti qismidan tashqari yerosti qavatlari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerda mustahkamlangan xonalar va tunnellar joylashgan. Binodan lift taxminan 50 metr chuqurlikka tushadi. Yerosti qismida ventilyatsiya, elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aloqa kabellari mavjud.

Kengligi 6 metr, uzunligi 40 va 60 metr bo‘lgan ikkita alohida tunnel 40 santimetrlik beton qatlami bilan o‘ralgan va mutaxassislarning fikricha, to‘g‘ridan to‘g‘ri bomba urishiga bardosh bera oladi. Yuqori tunnel qumtepaning yonbag‘iriga, pastki, uzunrog‘i esa to‘g‘ridan to‘g‘ri Qora dengiz sohiliga olib boradi. U travolator (zinapoyasiz harakatlanuvchi yo‘lak) bilan jihozlangan. Pastki chiqishga asfalt yo‘l tutashadi.

"Bu tunnellarda xavfsizlik uchun hamma narsa bor. Yong‘in o‘chirish tizimi, suv, kanalizatsiya. Ular omon qolish yoki qochishni istaganlar uchun mo‘ljallangan", - deb izoh berdi qurilish muhandisi Tadeush Gabrishevskiy chizmalarga.

 

Mavzuga oid