O‘zbekiston | 07:30 / 24.05.2023
4553
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilyapti

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini kengaytirishni muhokama qilmoqda.

Foto: Dunyo

Mamlakat Bosh konsulligi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi hamkorligida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari doirasida Germaniya ishbilarmon doiralari bilan amaliy aloqalar o‘rnatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Xususan, IHK Hanau savdo-sanoat palatasi rahbari Salix Tasdirek,  MÜSIAD Hessen e.V uyushmasi raisi Muhsin Aydin, Planquadrat, Matteco GmbH, Selfus kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida Germaniya ishbilarmon doiralariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy sarmoyadorlarga qulaylik va imtiyozlar yaratish  bo‘yicha olib borilayotgan e’tiborga sazovor chora-tadbirlar, soliq va bojxona talablarini liberallashtirish, respublikaning ilmiy va intellektual salohiyati, xomashyo va ko‘p tarmoqli sanoat bazasi, shuningdek, turizm sohasiga doir atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Mavzuga oid