"Shimoliy oqim"dagi portlash: Rossiya TIV Germaniya, Daniya va Shvetsiya elchilarini chaqirtirdi
Rossiya hukumati G‘arb diplomatlariga "Shimoliy oqim" gaz quvurlaridagi portlashlar ishi bo‘yicha o‘z mamlakatlaridagi tergov natijalari Moskvaga kelib tushmagani sababli norozilik bildirdi.
25 may, payshanba kuni Germaniya, Daniya va Shvetsiyaning Moskvadagi elchilari Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, ularga 2022 yil sentabr oyida sodir bo‘lgan "Shimoliy oqim" va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlaridagi portlashlar bo‘yicha milliy tergov natijalari RFga berilmagani sababli norozilik bildirildi.
“Germaniya, Daniya va Shvetsiya rasmiylarining bu holatda Rossiya tomoni bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani, Rossiya federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustinning ushbu davlatlar hukumat rahbarlariga yo‘llagan xabariga javoblarning yo‘qligi qabul qilib bo‘lmas holatdir. Rossiya elchixonalarining bu boradagi eslatmalari e’tiborsiz qoldirilgan. Rossiya hukumati vakillari va "Gazprom" vakillari ishtirokida keng qamrovli va ochiq tergov o‘tkazish zarur", deyiladi Rossiya TIV saytida.
Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari Berlin, Stokholm va Kopenhagenni qo‘poruvchilikning asl holatlarini aniqlashdan "manfaat yo‘qligi", vaqtni cho‘zish va "jinoyat izlari va haqiqiy aybdorlarini yashirishga" urinishlari uchun qoraladi.
“Ommaviy axborot vositalariga vaziyatni chalkashtirib yuborish istagida ma’lumotlar “sizdirilishi” bejiz emas”, - deb hisoblaydi Moskva.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024