O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi qurish loyihasi doirasida birinchi shamol turbinasi o‘rnatildi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida Goldwind (Xitoy) kompaniyasining birinchi turbinasi o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, uning quvvati 4,7MVt, balandligi 97 metr, parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi.
Ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari 2023 yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik stansiya bo‘ladi.
Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
15:30 / 26.11.2024
Masdar bilan quvvati 1 GVt bo‘lgan Mingbuloq ShESni qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi
11:54 / 13.11.2024