Samarqandda 4 bitiruvchi ko‘p qavatli uy derazasidan tushib ketgan qizni tutib oldi
Samarqandda to‘rt nafar maktab bitiruvchisi to‘rtinchi qavatdagi derazadan tushib ketgan qizni qutqarib qoldi. U peshonasidan kichik jarohat olgan, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Viloyat IIB yoshlarga minnatdorchilik bildirdi.
2023 yil 1 iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Sh.Boborahimov, M.Saidalimov, O.O‘tkirov va J.Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, o‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yugurgan, qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashgan.
Yigitlardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda, qizaloq pastga qulab tushgan. Yigitlar uni tutib olishgan.
Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib qolgan.
Samarqand viloyati IIB yuz bergan holatga befarq bo‘lmagan yoshlarga minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024