Rossiya Sevastopoldagi flotni himoya qilish uchun jangovar delfinlar sonini ko‘paytirmoqda
Ukrainaning g‘avvoslardan iborat maxsus jangovar bo‘linmalari Rossiya floti uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkin. Ularga qarshi kurashish uchun Sevastopolda torpedolarga qarshi to‘rlar va raketa qurilmalaridan tashqari, qo‘lga o‘rgatilgan delfinlar sonini ham oshirmoqda.
Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda joylashgan Sevastopol harbiy dengiz bazasida qo‘lga o‘rgatilgan delfinlar sonini ikki barobarga oshirmoqda. Chunki Ukrainaning strategik muhim ushbu shaharga hujum qila olish qobiliyati kun sayin oshib bormoqda. Ukrainaning raketalari, suvda suzuvchi pilotsiz boshqariluvchi qurilmalardan ham ko‘ra, Rossiya Ukraina maxsus xizmatlaridan bo‘ladigan tahdidga jiddiyroq e’tibor bermoqda.
Naval News nashri delfinlar yetishtiriladigan joylar ko‘paytirilganiga ishora qilmoqda. Jangovar xizmat qilishga o‘rgatilgan delfinlar soni ham 3–4 tadan 6–7 tagacha ko‘paytirilgan.
Delfinlar yordamida patrullik qilish davomiyligi va qamrovi oshgani ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu dengiz jonivorlari jangovar suzuvchilar deb ataluvchi, suv ostidan bildirmasdan suzib kelib, bazaga hujum qilishi mumkin bo‘lgan Ukraina maxsus xizmati g‘avvoslaridan himoya qilishadi. Dengiz jonivori eng chiniqqan sportchidan ham bu borada shubhasiz ustun, hech kim suzish borasidan undan o‘zib keta olmaydi. Qolaversa, u inson hidini 300-400 metrdan aniqlay oladi.
Aynan mana shu maqsadda ko‘plab davlatlar delfinlardan va boshqa dengiz jonivorlaridan foydalanishadi. Eng mashhur dastur AQSh harbiy dengiz kuchlarida mavjud. Eng dastlab bu usuldan Shvetsiyada foydalanilgan, Isroil, KXDR va boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash dasturga ega, degan taxminlar bor.
Rossiyaning o‘rgatilgan delfinlari
Rossiya o‘rgatilgan jonivorlarni Sevastopol buxtasiga kirish joyining shimoliy qismida joylashgan pozitsiyalarga 2022 yilning boshida — Ukrainaga keng miqyosda bosqin boshlangan chog‘da joylashtirgan. Shahar yaqinida delfinlar va Beluxalarni o‘rgatish markazi avvaldan — sovet davrilaridan buyon bor edi. Delfinlarning barchasi mahalliy tur sanaladi, beluxalar esa sovuq suvli davlatlardan keltirilgan. Ushbu obekt avval Ukraina harbiy dengiz kuchlari tarkibida bo‘lgan, biroq 2014 yilda Qrim anneksiya qilingach, Rossiya tomonidan egallab olingan.
Obekt va uning faoliyati Rossiya nazorati ostida yanada kuchaytirilgan. Delfinlarni ba’zan Novorossiyskdagi harbiy baza yoki Suriyaning Tartus bazasiga ham jo‘natib turishgan.
Bugungi kunga kelib, delfinlar murakkab ko‘p bosqichli himoyaning bir qismi hisoblanadi. Bandargohdan tashqarida flotni vertolyot qo‘nish maydonchalari va tezyurar katerlarga ega maxsus maqsadli kema suvusti va suvosti tahdidlaridan himoya qiladi. Ular kamida ikkita DP-64 «Dam» suqurlikda portlovchi reaktiv bombalarga ham ega. Bandargohga kirishning o‘zi kamida 5 ta qavat to‘rlar va suzuvchi to‘siqlar bilan himoyalangan. Ular ham suvusti, ham suvosti yo‘nalishlarini to‘sishga mo‘ljallangan.
Delfinlar ana shu to‘siqlar («bonlar») ichida suzishadi va o‘sha to‘siqlarni chetlab o‘ta olgan g‘avvoslarni axtarib topishadi. Kuzatilayotgan amaliyotga ko‘ra, delfinlarni kichikroq qayiqlar bilan baza bo‘ylab tashish mumkin.
Delfinlar odamga o‘ldirish uchun hujum qilmaydi. Shunchaki suv ostidan suzib kelayotgan dushmanni suv yuziga qalqib chiqishga majburlaydi. Shuningdek, suv ostidagi minalar joylashgan hududga adashmay belgi o‘rnatib bera olishadi.
Kuchaytirilgan himoya
Bonlarning asosiy himoya zonasi ichida va tashqaridagi kichikroq qo‘ltiqlar ichida yanada kichikroq bonlar ham bor.
Sevastopoldagi RF harbiy dengiz bazasi kuchaytirilgan havo hujumidan mudofaa tizimiga ham ega. SA-15 Gauntlet («Tor») raketa kompleksi dengiz qa’rida portlovchi raketa qurilmalari bilan yonma-yon joylashgan. Yana bir SA-15 baza ichida langar tashlab turgan patrul kemasining vertolyot maydonchasiga bog‘lab qo‘yilgan. Ular 12 km (7,5 mil) uzoqlikkacha ta’sir kuchiga ega, biroq amaliyotda bundan kamroq ham bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, ular bazani mudofaa qilishda yanada hamjihatlik yaratadi.
Bazadan uzoqroqda va unga yaqinroq joylar kemalarga qarshi raketalar, maxsus artilleriya va uzoq masofadagi nishonn ura oluvchi S-300/S-400 HHM vositalariga ega. Qrimdan uchib keladigan qiruvchi samolyotlar va radioelektron kurash vositalari mudofaani yanada kuchaytiradi.
Rossiya shuningdek Qrim atrofidagi boshqa harbiy dengiz bazalari va portlarining mudofaasini kuchaytirgan. Xuddi shunaqa himoya vositalari Ukrainadan olisda — Arktikadagi asosiy suvosti kemalari bazalarida ham paydo bo‘la boshlagan.
Biroq, shuncha himoya vositalariga qaramasdan Sevastopolni buzilmas qo‘rg‘on sifatida qabul qilish yaramaydi. Ukraina dengiz dronlari bir necha marta mudofaani yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bu shubhasiz, Ukrain RF HDKning zaif nuqtalari bilishidan dalolat beradi. Balkim shuning uchun Rossiya delfinlar yordamida himoyalanishga ehtiyoj sezgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024