O‘zbekiston | 18:26 / 15.06.2023
14784
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda daraxt kesgan fermerga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

83 ta daraxtni qo‘porib tashlagan fermerga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi «Rasulbek» fermer xo‘jaligi hududida daraxtlar kesilishiga oid holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganildi. 

Aniqlanishicha, hududda 83 tup har xil turdagi daraxt qo‘porilgan, 3 tup daraxt o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangan. 

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi rahbari B.A.ga Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 

Shuningdek, sudlanuvchi tomonidan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 193,8 million so‘m miqdoridagi zarar qoplanishi shartligi belgilandi.

Mavzuga oid