O‘zbekiston | 18:22 / 22.06.2023
8687
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya O‘zbekistonning bir qator mahsulotlariga import bojini bekor qildi

Bojxona to‘lovlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror, jumladan, sholg‘omsimon va uzunchoq piyoz, no‘xat, olxo‘ri kabi mahsulotlarga nisbatan qo‘llanadi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti qarori asosida Savdo vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonda yetishtiriladigan ayrim turdagi tovarlarni import qilish bo‘yicha tarif kvotalari qo‘llash to‘g‘risidagi farmoyish hukumatning rasmiy nashrida e’lon qilindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan Imtiyozli savdo bitimi doirasida O‘zbekistonda yetishtiriladigan bir qator tovarlar importiga qo‘llanadigan tarif kvotalari o‘zgartirildi. 

Xususan, hujjatda sholg‘omsimon va uzunchoq piyoz, no‘xat, olxo‘ri kabi mahsulotlarga nisbatan bojlar bekor qilinishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rib chiqilayotgan tarif kvotalari doirasida ushbu tovarlar uchun bojxona to‘lovi nolga tenglashtiriladi. 

Qaror va farmoyish 2023 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

Mavzuga oid