O‘zbekiston | 07:36 / 18.07.2023
5471
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Gurjiston portida logistika markazi tashkil etishni rejalashtiryapti

Poti erkin iqtisodiy zonasida logistika markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Foto: apmterminals.com

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Gurjistonda «Gruziya kiyim-kechak va moda» uyushmasi va 10 dan ortiq yirik gruziyalik eksportyor va importyor kompaniyalar bilan davra suhbati o‘tkazdi. 

Muzokaralar natijasida, ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, Gurjiston kompaniyalarining O‘zbekistondagi to‘qimachilik sohasidagi tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash va boshqa keng qamrovli hamkorlik masalalari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

«Poti erkin iqtisodiy zonasi» bosh direktori David Yebralidze bilan Poti erkin iqtisodiy zonasida logistika markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar AQSh, Kanada va Yaponiyaga soliq va Gurjistonning ushbu davlatlar bilan GSP+ dasturidan foydalangan holda bojxona bojisiz reeksport qilinadi hamda zona hududidagi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatdan kelayotgan tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid