Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun 3 ta kompaniya jalb qilindi
Ular Singapurning Meinhardt Pte. Ltd. Buyuk Britaniyaning Foster and partner va Niderlandiyaning OMA kompaniyalari bo‘lib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.
Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan ayrim yerlarning toifasi o‘zgartiriladi.
Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq E-auksion elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Mavzuga oid
21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
14:58 / 02.12.2024
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
12:19 / 25.11.2024