AQSh Nigerdagi elchixonasini qisman evakuatsiya qildi
G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan Nigerdan evakuatsiya qilmoqda.
AQSh Davlat departamenti Nigerdagi notinch vaziyat munosabati bilan Amerikaning mamlakatdagi elchixonasi xodimlarining bir qismi va ularning oila a’zolariga Nigerni tark etishni buyurdi, deyiladi 2 avgust, chorshanba kuni diplomatik missiya saytida. Elchixona cheklangan asosda ishlashda davom etadi va «faqat Nigerdagi Amerika fuqarolariga shoshilinch yordam ko‘rsatishi mumkin», deyiladi bayonotda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok shu kuni Fransiyaning evakuatsiya parvozlaridan foydalanib, so‘nggi ikki kun ichida 40 ga yaqin nemis fuqarosi ham Nigerni tark etgani to‘g‘risida xabar berdi. U fransiyalik hamkasbi Katrin Kolonnaga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. 1 va 2 avgust kunlari faqat ikkita fransuz reyslarida 600 dan ortiq xorijliklar, asosan Fransiya fuqarolari olib ketildi.
26 iyul kuni Nigerda harbiylar guruhi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Muhammad Bazum prezidentlikdan chetlashtirilgani, shuningdek, komendantlik soati joriy etilgani, konstitutsiyaning amal qilishi to‘xtatilgani va partiyalarning siyosiy faoliyati taqiqlangani haqida e’lon qildi. 28 iyul kuni ular general Abdurahmon Tchiani davlat rahbari bo‘lganini bildirdi. G‘arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) davlat to‘ntarishini qoraladi va isyonchilarga konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun bir hafta vaqt berdi.
Mavzuga oid
18:12
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17
AQSh rekord miqdordagi O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi
17:01
Tramp Panama kanalini olib qo‘yish bilan tahdid qildi
12:54