«Ertaga o‘zing borib, istagan mashinani tanlaysan». Andijon viloyati hokimi Hebayga avtomobil sovg‘a qilishini aytdi
Superliga 17-turi doirasidagi «Andijon» - «Olimpik» (2:1) o‘yinidan keyin Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov stadionda futbolchilar bilan g‘alabani nishonlab, gol muallifiga aylangan Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini borib tanlashini, qolganlarga esa «Iphone 14» smartfonlari sovg‘a qilinishini aytdi.
«Futbolchilarga nimalarni va’da qilgan bo‘lsam, hammasini beraman», - dedi viloyat hokimi tribunadagi muxlislarga qarata mikrofon bilan.
So‘ng maydonda jamoaning albaniyalik legioneri Rubin Hebayni chaqirib, unga ertaga avtosalonga borib, istalgan avtomobilni tanlashi mumkinligini aytdi.
«Ertaga borib mashinani tanlasin. Sen mashinani orzu qilganmiding, ertaga borib o‘zing tanla. Sen qaysini tanlasang, gap bo‘lishi mumkinmas, beramiz. Qolganlarga «Ayfon 14», - deydi Shuhrat Abdurahmonov.
Ma’lumot uchun, «Andijon» klubi ushbu g‘alaba evaziga 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Bir necha oy oldin klubga «UzAuto Motors» bosh homiyga aylangani xabar qilingan, «O‘zavtosanoat» rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov «Andijon» jamoasi bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024