Qozog‘istonda fojia: Sirdaryoda birdaniga 11 kishi cho‘kib ketdi
Ular to‘ydan qaytishda daryoda cho‘milmoqchi bo‘lishgan. Qurbonlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.
Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoda birdaniga 11 kishi cho‘kib ketdi.
Fojia 21 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Aholidan qutqaruv xizmatlariga odamlar suvga cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Qayd qilinishicha, cho‘milish uchun borgan 20 kishidan 11 nafari suvga g‘arq bo‘lgan. Ular orasida besh nafar voyaga yetmagan bola borligi aytilmoqda.
«Ular bir oilaning a’zosi yoki qarindosh bo‘lishi mumkin, ism-shariflari o‘xshash. Bir necha aka-uka va ularning bolalari bor edi. Qarindoshlar aytganidek, ular to‘ydan chiqib, daryo bo‘yida dam olishga qaror qilishgan. U yerda qirg‘oq juda sirpanchiq va darhol chuqurlik boshlanadi. Aftidan kimdir qoqilib, suvga qulagan va cho‘kib keta boshlagan. Boshqalari esa uni qutqarishga uringan. Ular hatto cho‘milishga ham ulgurmagan, hammasi kiyimda bo‘lgan. Bu joy cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan. Aftidan, qirg‘oq bo‘ylab yurayotganda kimdir sirpanib, suvga qulagan», deyiladi Turkiston viloyati hokimligi xabarida.
Suvdan sakkiz kishining jasadi chiqarilgan, qolganlarini qidirish ishlari davom etmoqda. Voqea joyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishlamoqda. Qidiruv tadbirlariga 16 ta texnika va 6 ta qayiq jalb etilgan.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
18:31 / 23.09.2024