Kaliforniya shtati dunyodagi eng yirik neft kompaniyalarini sudga berdi
Amerikaning Kaliforniya shtati jahondagi eng yirik 5 ta neft kompaniyasi - Exxon Mobil, Shell, BP, ConocoPhilips va Chevron’ga nisbatan iqlim krizisi keltirib chiqarganligi uchun San-Fransisko sudiga fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atdi.
New York Times nashriga ko‘ra, da’vo arizasida shtat hokimiyati iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarga qarshi kurashish uchun bu besh kompaniya maxsus fond tuzib, mablag‘ ajratishi kerakligi talab qilingan. Beshta yirik neft kompaniyasi bilan birgalikda Amerika neft instituti ham javobgar sifatida tilga olingan.
Shtat bu kompaniyalarni ko‘p yillardan buyon uglevodorodli yoqilg‘ilarning zararlarini pasaytirib ko‘rsatish va jamoatchilikni aldab kelganlikda ayblagan. Xuddi shunday da’vo arizalarini so‘nggi yillarda turli sudlarga AQShning 7 ta shtati va o‘nlab munitsipalitetlari bergan.
Lekin, ekspertlarning fikricha bu ish neft-gaz sektoriga kuchli qarshilik keltirib chiqarishi mumkin, chunki Kaliforniya AQShdagi aholi eng zich yashovchi shtat hisoblanadi va bunday ishlarda g‘alaba qozonishda beqiyos tajribaga ega.
Amerika neft institutining bosh yuriskonsulti Rayan Meyyers da’vo arizasini «sudga Amerikaning asosiy sohasi va uning ishchilariga qarshi asoslanmagan, siyosiylashtirilgan da’vo arizasi topshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan kampaniya», deb atagan. Uning fikricha, shtat shu yo‘l bilan muhim milliy muammolar va resurslarning ulkan sarf-xarajatlaridan diqqatni chalg‘itmoqchi.
O‘tgan haftada BMT bosh kotibi iqlim krizisi boshlanganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl bo‘lgan, sayyoradagi salbiy o‘zgarishlar esa insonlar ularning oqibatlari bilan kurashayotganidan tezroq sodir bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
18:12
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17
AQSh rekord miqdordagi O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi
17:01
Tramp Panama kanalini olib qo‘yish bilan tahdid qildi
12:54