O‘zbekiston | 10:31 / 28.09.2023
36252
2 daqiqa o‘qiladi

Sergelidagi portlash oqibatida bir kishi vafot etgan

Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda «Gazeta.uz» mahalliy aholi vakillari, tuman hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portlagan ombor yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashagan o‘smir boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktabning 11-sinfi o‘quvchisi bo‘lgan.

Hozircha boshqa qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Jarohatlanganlar soniga ham aniqlik kiritilmagan, ayni vaqtda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Bundan avvalroq omborxonasida portlash ro‘y bergan Interlogistics korxonasiga egalik qiluvchi Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) omborxonada portlovchi va yonuvchi moddalar bo‘lmagani, portlash oqibatida omborxona xodimlaridan hech kim jabrlanmagani haqida ma’lumot bergandi.

Mavzuga oid