O‘zbekiston | 15:08 / 20.10.2023
25182
1 daqiqa o‘qiladi

Asaka tumani hokimi ishdan olindi

Bekzod Ummatov muqaddam qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lgan, tuman hokimligiga bir yil muqaddam kelgandi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Asaka tumani hokimini ishdan oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Asaka tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bekzod Ummatov vazifasidan ozod etildi.

Ummatov 2017–2019 yillarda Vazirlar Mahkamasida ishlagan, 2019 yil fevral oyidan 2022 yil oktyabriga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2022 yil oktyabr oyida Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Endilikda uning o‘rniga viloyat hokimi o‘rinbosari Nasibullo Mo‘minov Asaka tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Mo‘minov 2022 yil fevralidan buyon Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Mavzuga oid