Erdo‘g‘an turkiy davlatlar uchun umumiy alifbo joriy etishni taklif qildi
Birligimizni mustahkamlashda til juda muhim, dedi Turkiya rahbari.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
«Tilimiz, madaniyatimiz va tariximiz asosida insoniy munosabatlarimizni mustahkamlash uchun oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik borasida sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Albatta, birligimizni mustahkamlashda til juda muhim. Umumiy alifbo ham muhim va bu borada prezidentlarning qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Oliy ta’lim kengashi tomonidan tashkilotimiz kotibiyatiga taqdim etgan taklif, ishonchim komilki, tashkilotimiz tomonidan ko‘rib chiqiladi», dedi Erdo‘g‘an Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti yig‘ilishida.
2023 yil may oyida Ostona shahrida Turk dunyosi umumiy alifbosi bo‘yicha komissiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Turkiy tillar akademiyasi prezidenti Shayn Mustafoyev so‘zga chiqib, umumiy alifbo bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
«Yangi alifboga o‘tish har doim davlatning ichki ishi hisoblanadi. Har bir davlat bu muammoni o‘zi hal qiladi. Bizning vazifamiz - takliflar paketini ishlab chiqish. Agar turkiy davlatlardan birortasi shunday qarorga kelsa, bu tavsiyalar asosida alifboning eng maqbul, oqilona variantini tanlash mumkin. Albatta, har bir davlat qaysi alifboni qanday shaklda qabul qilishni mustaqil hal etadi. Ammo agar barcha davlatlar lotin alifbosiga o‘tsa, unda biz alifbolar imkon qadar bir-biriga yaqin, turli turkiy xalqlar vakillari uchun o‘zaro tushunarli bo‘lishini istaymiz», degan edi Shayn Mustafoyev.
Mavzuga oid
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi
18:23 / 09.12.2024