Toshkentda yosh spotterlar qo‘lga olindi, Uzbekistan Airports munosabat bildirdi
Bolalar Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan. Ammo shunga qaramay, huquq-tartibot organi xodimlari ularning texnika resurslarini olib qo‘yib, 6 nafar bolani alohida avtomashinalarda olib ketgan. Uzbekistan Airports yosh havaskorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
4 noyabr kuni tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlarni suratga olayotgan 6 nafar bola IIO xodimlari tomonidan ushlangani aks etgan surat va videolar tarqaldi. Jarayonda yosh spotterlarning texnika jihozlari olib qo‘yilgani, huquq-tartibot idoralari xodimlarining qo‘pol munosabatlariga uchrab, alohida avtomobillarda olib ketilgani xabar qilindi.
Bolalardan birining Gazeta.uz'ga ma’lum qilishicha, ular spotting bo‘yicha rasmiy tadbirda qatnashayotgan bo‘lgan, ammo shunga qaramay, IIO xodimlari ularni “Qumariq” MFY binosiga olib borib, barcha suratga olish jihozlarini olib qo‘yishgan. Bolalarga baqirib, tahdid qilib, haqoratomuz so‘zlarni ishlatgan.
Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, voqea haqiqatan Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.
“O‘z navbatida, Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi spotting harakatini qo‘llab-quvvatlaydi va yosh avlodning ushbu hobbi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yil boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan rejali kuzgi spottingda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar qatnashganini ham alohida ta’kidlash lozim”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Kompaniyaning eslatishicha, 2022 yil 26 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, O‘zbekistonda spotting harakati rasman qonuniylashtirilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 08.12.2024
Ikki xil munosabat ostida qolgan aviaspotterlar: ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va muammolar
20:32 / 24.10.2024
Zokirjon Almatov faxriy unvon bilan taqdirlandi
16:37 / 01.09.2024
“Rekonstruksiya loyihasi uzog‘i 3 yilda o‘zini qoplaydi” - Toshkent xalqaro aeroporti direktori
11:24 / 22.08.2024