Jahon | 21:21 / 14.11.2023
10484
1 daqiqa o‘qiladi

Uzoq Sharq OTM bitiruvchilariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkin 

Putin Uzoq Sharq universitetlari bitiruvchilarini soddalashtirilgan tartibda fuqarolikka qabul qilish imkoniyatini o‘rganishni buyurdi. 

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Uzoq Sharq federal okrugida joylashgan barcha oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilarini Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni topshirdi. Hozir bu amaliyot faqat imtiyozli diplom olgan bitiruvchilarga nisbatan qo‘llanadi. 

Davlat rahbari sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forum yakunlari bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tasdiqladi. 

Jumladan, hukumatga «Uzoq Sharq federal okrugi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining imtiyozli diplom olgan bitiruvchilariga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik berish amaliyotini barcha bitiruvchilarga nisbatan qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish topshirildi», deyiladi Kreml saytida e’lon qilingan ko‘rsatmalarda. 

Ushbu masala bo‘yicha hisobot 2023 yil 15 dekabrgacha topshirilishi kerak.

Mavzuga oid