O‘zbekiston | 11:47 / 21.11.2023
11183
1 daqiqa o‘qiladi

Karmana tumaniga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Tumanning sobiq hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari oldinroq prezident o‘tkazgan yig‘ilishda lavozimdan olingandi.

Barnoyev Zokirjon Latipovich Karmana tumani prokurori lavozimiga tayinlangan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Z.Barnoyev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Zokirjon Barnoyev

Shuningdek, Abdurayimov Akmal Qo‘chqorovich Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar u Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Akmal Abdurayimov

Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2020 yil aprel oyidan buyon Savurov Akbar Axtamovich, tuman prokurori lavozimida esa 2022 yil may oyidan Erkinov Xurshidjon Erkinovich ishlab kelayotgandi.

Oldinroq prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumandagi qurilishi tugamagan binoga 452 ta mayning qurilmasi o‘rnatilishiga befarqligi ortidan tuman hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari ishdan olingandi

Mavzuga oid