Andijonda hokim yordamchisi 7 mln so‘m pora bilan ushlandi
U 44 ta xonadonga imtiyozli narxda ko‘mir ajratilishini va’da qilib, pora olganida qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. pora bilan ushlandi.
Qayd qilinishicha, u kuz-qish mavsumida ko‘mir yonilg‘isi yetkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida tuman ko‘mir omboriga nazorat uchun mas’ul etib biriktirilganidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgan. Shundan 7 mln so‘mni ko‘mir ombori hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024