O‘zbekiston | 07:38 / 28.11.2023
12423
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirilishi kutilyapti

Fuqarolar tomonidan yer berish tartibini buzish hamda yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash va ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektorlariga ham beriladi.

Foto: Kun.uz

«Yer va yerosti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilishdagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining 2023 yil 13 oktyabrdagi «Buxoro va Navoiy viloyatlarida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini o‘rganish natijalari yuzasidan» topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. 

Qonun loyihasi bilan mamlakatda yerosti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar noqonuniy qazib olinishiga chek qo‘yish maqsadida ushbu qilmish uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan yer berish tartibini buzish hamda yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash va ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektorlariga ham berilishi kutilyapti.

Mavzuga oid