O‘zbekiston | 10:25 / 15.12.2023
4682
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bryusselda narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqotida ishtirok etdi

Belgiya poytaxtidagi Yevropa Ittifoqi kengashida narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

«Dunyo» xabariga ko‘ra, tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining giyohvandlikka qarshi kurash idoralari, shuningdek, mintaqa davlatlarining Yevropa Ittifoqidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etishdi

Narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqoti - bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va narkotiklar bo‘yicha davlatlar siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muntazam ko‘p tomonlama uchrashuv hisoblanadi. Ushbu muloqot Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va YeI o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash va mintaqaviy hamda xalqaro darajada xavfsizlikka hissa qo‘shishga qaratilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari YeI va Markaziy Osiyo mintaqasi, shuningdek, qo‘shni Afg‘onistondagi narkotik moddalar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy hamkorlik masalalari, jumladan, Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha KADAP dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi global miqyosda ekanini inobatga olgan holda, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari uchun ushbu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishni davom ettirish va bu borada amaliy hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid