«SBU»: Rossiyaning 3 ta Su-34 samolyoti janubiy yo‘nalishda urib tushirildi
Rossiya harbiyparast jamoatchiligi Ukrainada kamida bitta rus samolyoti Patriot zenit-raketa kompleksi yordamida urib tushirilganini tasdiqladi. UQK HK qo‘mondoni birdaniga uchta Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti yo‘q qilinganini bildirdi.
Ukraina HK Rossiyaning uchta Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotini urib tushirganini da’vo qilmoqda. Ukraina HK qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk 22 dekabr, juma kuni Telegram’da bu voqea shu kuni tushga yaqin janubiy yo‘nalishda sodir bo‘lganini yozdi.
Oleshchuk operatsiya haqida hech qanday ma’lumot bermadi, shuningdek, u amalga oshirilgan aniq joyni ham aytmadi. UQK Harbiy kuchlari rasmiy vakili Yuriy Ignat telemarafonda operatsiyani Harbiy kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk rejalashtirganini ma’lum qildi.
Rossiya jamoatchiligi kamida bitta samolyot yo‘q qilinganini tasdiqladi
Rossiyaning urushparast Fighterbomber Telegram-kanali Patriot zenit-raketa kompleksi yordamida kamida bitta samolyot urib tushirilganini tasdiqlab, qulash chog‘ida omon qolgan uchuvchilarni qutqarish operatsiyasi suratlarini e’lon qildi. Ularning haqiqiyligi hali mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Urib tushirilgan rus samolyotlari haqidagi xabardan sal oldin Germaniya harbiy-havo kuchlari X ijtimoiy tarmog‘ida yaqinda Ukrainaga ikkinchi Patriot havo mudofaa tizimi yetkazib berilgani va ukrainalik askarlarning ikkinchi guruhi ham o‘qitilganini yozdi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Ukraina radiosi efirida qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotni sharhlar ekan, UQK uzoq vaqt davomida janubiy yo‘nalishda mudofaa kuchlari uchun muammolar yaratgan Rossiyaning Su-34 samolyotlarini «ovlab» kelganini aytdi.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024