Samarqandda noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxslar davlatga 5 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Ikki nafar shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan MChJning xo‘jalik hududida mayning ferma tashkil etib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari va viloyat HETK mutaxassislari bilan hamkorlikda elektron texnologiyalar va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Tadbirlarda Samarqand shahrida yashovchi 51 yoshli S.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan MChJ xo‘jalik hududida 13 ta noqonuniy mayning fermasini tashkil qilib, shahar ETK bilan shartnoma tuzmasdan, 10 dona "Abtiminer S19", 3 dona "Whatsminer M30" mayning qurilmalarini elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab, ish faoliyatini yuritib kelayotgani aniqlangan.
Tekshiruvlarda ushbu shaxs mayning-fermalarni hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 2 mlrd 530 ming so‘m moddiy zarar keltirgani aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, Nurobod tumanidagi MChJ rahbari B.S. jamiyatga qarashli xududdagi binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga hilof ravishda amalga oshirib kelib, 2,5 mlrd so‘mlik 703 ming kVt elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. C.B.ning sodir etilib, fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024