Ukraina 3 kun ichida to‘rtinchi RF qiruvchisi urib tushirilgani haqida xabar berdi
Ukraina harbiylariga ko‘ra, Mariupol yo‘nalishida RF Havo kuchlarining yana bir Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti urib tushirilgan.
Ukraina QK Havo kuchlari Rossiyaning Su-34 qiruvchisi Mariupol yo‘nalishida zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilganini bildirdi. Bu haqda 24 dekabr, yakshanba kuni UQK HK qo‘mondoni general-leytenant Nikolay Oleshchuk ma’lum qildi.
«Odessa yo‘nalishida Qora dengizda Rossiyaning Su-30 samolyoti bo‘yicha jangovar ishlar olib borildi – nishonga urildimi yoki yo‘qmi, aniq bilish uchun obektiv nazorat materiallarini o‘rganyapmiz», — deyiladi xabarda.
UQK Rossiyaning uchta Su-34 samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi
22 dekabr, juma kuni Oleshchuk bir kunda Rossiyaning uchta Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi. General-leytenantning ta’kidlashicha, bu voqea o‘sha kuni tushga yaqin janubiy yo‘nalishda sodir bo‘lgan.
Shu kuni Rossiyaning Fighterbomber Telegram-kanali Patriot zenit-raketa kompleksi yordamida kamida bitta samolyot urib tushirilganini tasdiqlab, qulash chog‘ida omon qolgan uchuvchilarni qutqarish operatsiyasi suratlarini e’lon qildi. Ularning haqiqiyligi hali mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
https://www.dw.com/ru/vs-vsu-sbit-cetvertyj-rossijskij-istrebitelbombardirovsik-za-troe-sutok/a-67816280
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024