Andijonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U avval 200 dollar olib, qolgan 1 000 dollarni olayotganida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan
Tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro F.S.ga o‘zining muqaddam IIBda ishlaganini aytib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan o‘g‘li A.S.ni sudda tanishlari yordamida ozodlikka chiqarib berishi evaziga 200 dollar olib, yana 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum qilinishicha ushbu shaxs muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024