Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Ikkita mahallaning hokim yordamchilari o‘zaro til biriktirib, hokimlik zaxirasidagi yerni auksionda yutib berish uchun pul olgan.
Samarqandda DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda pora olayotgan bir necha shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jumladan, SamDU matematika fakulteti tyutori, 48 yoshli T.A. mahalliy fuqarolarning mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 3 000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi, 29 yoshli O‘.M. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlovchi yaqin tanishlarining imkoniyati orqali mahalliy fuqaroni kombinatga qarashli “Marjonbuloq” va “Zarafshon” oltin konlaridan biriga ishga kiritishga yordam berishini aytib, undan 2 000 dollar talab qilib, pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK departamenti viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda 1990 y.t.,
Samarqand tumanidagi ikkita mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi 33 yoshli X.E. va 48 yoshli B.V. jinoiy til biriktirgan holda tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 sotix bo‘sh yerni auksionga chiqarib, yutib, so‘ng tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 1 300 dollar talab qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini bo‘nak sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar bo‘yicha barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024