O‘zbekiston | 15:15 / 08.01.2024
16770
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi narxlar e’lon qilindi

Buxoro viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning 15 yanvaridan quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qo‘llanadi:

Ichimlik suvi (1 metr kub):

  • aholi uchun — 3100 so‘m;
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3472 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 7840 so‘m;
  • boshqa iste’molchilar uchun — 7840 so‘m.

Texnik suv (1 metr kub):

  • aholi uchun — 1500 so‘m;
  • boshqa iste’molchilar uchun — 1680 so‘m.

Oqova suv xizmati (1 metr kub):

  • aholi uchun — 2800 so‘m;
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3136 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 5376 so‘m;
  • boshqa iste’molchilar uchun — 5376 so‘m.

Shuningdek «Damxo‘ja suv ta’minoti» MChJ ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha (1 metr kub):

  • aholi va suv ta’minoti korxonalari uchun — 650 so‘m; (suv ta’minoti korxonalari orqali)
  • boshqa yuridik iste’molchilar uchun — 1500 so‘m.

Qayd etilishicha, so‘nggi 6 yilda Buxoro viloyatida Jahon banki kreditlari hisobidan Qorako‘l va Olot tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qiymati 139 million dollar hamda Buxoro va Kogon shaharlari oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 55 million dollar bo‘lgan loyihaning amalga oshirilishi hisobiga viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti 51 foizdan 73,1 foizga, oqova xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi 9,2 foizdan 16 foizga oshirildi.

Mavzuga oid