O‘zbekiston | 19:43 / 09.01.2024
23130
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi

SSV vaziri ortidan uning birinchi o‘rinbosari Alisher Shodmonov betobligi tufayli lavozimini tark etdi.

Prezident administratsiyasi xodimi Davron Sultonovga sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davron Sultonov. Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Qayumovich Shodmonov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning vazifasini vaqtinchalik bajarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sog‘liqni saqlashni rivojlantirish shu’basi mudiri Davron Tohirovich Sultonov zimmasiga yuklatildi», deyiladi xabarda.

Alisher Shodmonov 2017–2020 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Alisher Shodmonov. Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

U keyinroq Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimiga o‘tkazilgan, 2023 yil avgustida vazirlikka qaytib, vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

  • Bundan oldinroq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan ketgani xabar qilingandi. U Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlangan.
  • Uning o‘rniga Prezident administratsiyasi xodimi Asilbek Xudayarovga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga oid