O‘zbekiston | 10:26 / 12.08.2023
28581
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

U 2017–2020 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Qayumovich Shodmonov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

A. Shodmonov 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009–2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010–2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.

2015–2017 yillarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. 2017–2020 yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor A. Shodmonov 2020 yil noyabrida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangandi.

U ayni vaqtda rektorlikni ham saqlab qolgan.

Mavzuga oid