Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Botir Zohidov vazirlik rahbarligiga kelishi ortidan bungacha bank tizimida ishlagan Zafar Azimov va Alisher Muratov uning o‘rinbosarlariga aylandi.
Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Alisher Muratov 2020 yil avgustidan 2023 yil oktyabriga qadar Qishloq qurilish banki boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
U bunga qadar Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Bundan avvalroq Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Zafar Azimov Moliya institutida o‘qigan. Faoliyati davomida Markaziy bankda qator lavozimlarda ishlagan. Undan so‘ng «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 2024 yil 23 sentabrida Botir Zohidov rahbar etib tayinlangandi. Vazirning yana bir o‘rinbosari — Ra’no Turdiboyeva ushbu lavozimda 2023 yil yanvaridan buyon ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
18:28 / 06.12.2024
Diniy sohada tayinlovlar: Xalqaro islom akademiyasidan so‘ng Oliy ma’hadda ham rektor almashdi
10:31 / 06.12.2024