O‘zbekiston | 18:41 / 12.01.2024
21961
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi 

Parvoz chog‘ida uning sog‘lig‘i yomonlashgan, ammo birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay joni uzilgani ta’kidlanmoqda. 

Foto: Marina Lysseva

11 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Turkiyaning Anqara shahriga favqulodda qo‘ndi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. 1946 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi yurak xurujiga uchragan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay, hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Elchixona vatandoshga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgani va marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.

Avvalroq, samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi, koronar qon oqimi yomon bo‘lgan odamlar parvozdan o‘zini tiygani ma’qulligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid