O‘zbekiston | 08:32 / 14.01.2024
13894
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda brakoner hayvonot dunyosiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Beruniy tumanida Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi ovlangan.

Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini ovlagan brakoner hayvonot dunyosiga 1 milliard 20 million so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Ekologiya vazirligi, Respublika prokuraturasi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Beruniy tuman IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida Beruniy tumani, «Biybazar» OFY hududida Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi fuqaro A.J. tomonidan noqonuniy tarzda ovlangani aniqlandi. 

Holat natijasida hayvonot dunyosiga 1 milliard 20 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid