Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usini o‘ldirgan shaxs 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganini aniqladi.
Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida uchta bug‘u ov miltig‘i bilan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi.
Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
08:20 / 21.12.2024
Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
17:03 / 16.11.2024
Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
10:30 / 10.11.2024