Jamiyat | 08:20 / 21.12.2024
1683
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Beruniy tumanida “T.Ch.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ulangan. Oqibatda jami 288,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, departamentning Xo‘jayli va Ellikqal’a tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.J.” oilaviy korxonasi va “D.S.” MChJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Natijada jami 210,5 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid