O‘zbekiston | 12:56 / 16.01.2024
2682
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Shenchjyendan Toshkentga avtomobil orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘ydi

Uzunligi 6,5 ming kilometr bo‘lgan yo‘l vaqti 20 kundan 7 kungacha qisqartirildi. 

Foto: AP

Xitoyning Zhengzhou Hongyi Transportation logistika kompaniyasi Shenchjyendan Toshkentga avtomobilda yuk tashish xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi IRU. 

Kuni kecha elektronika ortilgan yuk mashinasi Xitoyning Shenchjyen shahridan chiqib, Qirg‘iziston hududi orqali Toshkentga yetib keldi. 

6,5 ming kilometr uzunlikdagi marshrut bo‘yicha yo‘l vaqti deyarli uch baravarga - 20 kundan 7 kungacha qisqardi. 
 
IRU yangi marshrutning ochilishi Shenchjyen va Toshkent o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishi, shuningdek, chegara tartib-qoidalarini yanada osonlashtirishi hamda yo‘l vaqti va logistika xarajatlarini kamaytirishini alohida ta’kidladi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston kompaniyalari Xitoy bozoriga avtotashuvlar bo‘yicha muqobil yo‘nalishlarini o‘rganmoqda. Shu tariqa, yaqinda O‘zbekistondan uchta yuk mashinasi Qozog‘iston orqali Xitoy janubidagi Foshan shahriga tranzit yo‘l bilan yetib keldi. 

Mavzuga oid