Donetsk «hokimiyati» «Ukraina hujumi tufayli» 28 kishi halok bo‘lganini e’lon qildi
Donetskdagi bozor o‘qqa tutilishi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi yaralandi, deya ma’lum qildi shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyati».
Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi Ukraina sharqida joylashgan Donetsk shahri 21 yanvar, yakshanba kuni ertalab artilleriyadan o‘qqa tutildi. Tekstilshchik mikrorayonidagi bozor hujumga uchradi, mahalliy «hokimiyat» o‘qqa tutishda Ukraina harbiylarini aybladi.
O‘zini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «rahbari» Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 21:00 holatiga ko‘ra, otishmalar natijasida 28 nafar shahar aholisi halok bo‘lgan, yana 30 kishi jarohatlangan.
«Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 152 mm va 155 mm kalibrli artilleriyadan qo‘shma zarba Kuraxovskiy va Krasnogorovskiy yo‘nalishlaridan amalga oshirilgan», — deb yozdi Pushilin Telegram-kanalida.
Rossiya tomonidan tayinlangan shahar «meri» Aleksey Kulemzin ham Donetskning Kuybishev tumanida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i tomonidan hujum qilinganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilar issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi avariyani bartaraf etayotgan ta’mirlash brigadasiga tashlangan. Hujum natijasida bir xodim yaralangan.
Ukraina tomoni Donetskning o‘qqa tutilishiga izoh bermadi.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024