Andijondagi yong‘in 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yordamida o‘chirildi
Shahrixondagi buyum bozorida yong‘in natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozorida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. FVV hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.
Yong‘in haqidagi xabar FVBga 25 yanvar kuni soat 23:30 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 26 yanvar kuni soat 00:30 da o‘rab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
16:54 / 19.12.2024