Surxondaryolik yigit Telegram’da soxta havolalar berib o‘zganing 27 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi
Yigit ushlangan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Termiz shahrida yashovchi 23 yoshli M.M. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs firibgarlik qilib bank kartasidan 27 mln so‘m pullarni yechib olganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli K.B. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, K.B. Telegram orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. So‘ng soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning hisobidagi pullarni bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda K.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
18:25 / 13.12.2024
KXDR fuqarolari AQSh kompaniyalariga yollanib, soxta ismlar ortidan pul topgani ma’lum bo‘ldi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024