Toshkentda avtobus haydovchisining qoidabuzarligi sabab elektrobus texnik shikastlandi
Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 2 ta avtobus to‘qnashishi oqibatida elektrobusga texnik zarar yetdi. Haydovchi oraliq masofani saqlamay transportni to‘xtatgani sabab avtobus qirilgani ma’lum qilindi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.
Tarmoqlarda 2 ta Yutong rusumli elektrobus haydovchisining poyga o‘ynagani sabab bir-biri bilan to‘qnashib, oynasini sindirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, voqea 7 fevral kuni soat 11:00 da kuzatilgan. Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 28-sonli yo‘nalish haydovchisi avtobusni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi bekatiga to‘xtatayotgan vaqtida shu bekatda turib yo‘lovchi tushirayotgan 44-sonli avtobusga texnik zarar yetkazgan.
“44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamagani oqibatida 28-sonli avtobusning o‘rta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani ko‘rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.
AJ sodir etilgan to‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Hozirda YTH Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
20:43 / 08.12.2024
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:39 / 08.12.2024
Avtohalokat tufayli kelib chiqqan mojaro bir inson umriga zomin bo‘ldi
10:06 / 24.11.2024