Yangi Angren IES havoni ifloslantirgani uchun 1 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi
O‘tkazilgan tekshirishda IESning chang gaz tozalash uskunalari samaradorligi 80 foizga tushib ketganligi aniqlangan.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Yangi Angren IESda tekshirish olib borilgan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IYeSda mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Chang gaz tozalash uskunalari (filtirlari) samaradorligi esa 80 foizga tushib ketganligi ma’lum bo‘lgan
Mazkur holat bo‘yicha atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganlik uchun 887 mln so‘m, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun 116 mln so‘m kompensatsiya hisoblangan. Shuningdek, 11 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilingan.
Oldinroq Toshkent IES mazut yoqib havoni ifloslantirgani uchun 1 mlrd so‘m to‘lashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:41 / 14.12.2024