Surxondaryoda MChJ rahbari 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qildi
Surxondaryo viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «G.G.» MChJ rahbari Sh.S. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 1 milliard so‘m kredit evaziga issiqxona jihozlarini olib kelmasdan, kredit mablag‘larini “N.M.” MChJga o‘tkazish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, «B.H.» fermer xo‘jaligi rahbari B.F. chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga olib kelingan yirik shoxli nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 900 million so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda dunyodagi eng tirband shaharlar reytingi tuzildi
Jahon | 17:50
-
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit
Jamiyat | 17:45
-
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi suvi hajmini 42 foizga oshirdi
O‘zbekiston | 17:34
-
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAga uchib ketdi
O‘zbekiston | 17:31