Rossiya Ukraina elchixonasi bilan ijara shartnomasini bekor qildi
Avvalroq, Kiyev ham xuddi shunday yo‘l tutgan edi.
Ukrainaning Rossiyadagi elchixonasi bilan ijara shartnomasi bekor qilindi, deb yozdi RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham buni tasdiqladi.
Qayd qilinishicha, elchixona bilan ijara shartnomasi Kiyev shahar kengashi qaroriga javob sifatida bekor qilingan. Ukraina 2023 yil aprelida Rossiya elchixonasi bilan ijara shartnomasini bekor qilgan edi.
RIA Novosti suhbatdoshining ta’kidlashicha, «diplomatiyada amal qiladigan o‘zaro munosabatlar prinsipiga ko‘ra, bunday harakatlarga javob aynan o‘xshash bo‘lishi kerak».
«Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina elchixonasi bilan ijara shartnomasi allaqachon bekor qilingan, biroq axborot maydonida kun tartibi Ukraina bilan to‘lib ketgani tufayli bunga e’tibor qaratilmagan», deb qo‘shimcha qildi manba.
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainadagi elchixonalari xodimlarini evakuatsiya etish haqida e’lon qildi. 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya qo‘shinlari bosqiniga javoban, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa o‘z diplomatlarni evakuatsiya qildi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024