O‘zbekiston | 13:14 / 13.02.2024
6756
2 daqiqa o‘qiladi

Sudyalar oliy kengashi Navoiyda pora bilan qo‘lga tushgan sudya yuzasidan bayonot berdi

Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sudyalar oliy kengashi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Aksincha, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida vujudga keluvchi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois, hakamlik sudlari faoliyati O‘zbekistonning «Sudlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan emas, balki alohida normativ-huquqiy hujjat – «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solingan.

«Bayonlardan xulosa shuki, hakamlik sudlari sudyalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanmaydi va ozod etilmaydi», deyiladi kengash bayonotida.

Mavzuga oid