Samarqandda mast holda qo‘lga tushib, YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchilar ushlandi
Ikkala holatda ham mast holda va tegishli hujjatlarsiz hamda davlat raqam belgisisiz yurgan haydovchilar YPX xodimlariga pora taklif qilgan.
2024 yil 16 yanvar kuni soat 23:20 larda Kattaqo‘rg‘on tumanida YPX xodimi davlat raqam belgisisiz harakatlanayotgan “Kobalt” mashinasini to‘xtatganda haydovchi tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Xodim unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
Haydovchi YPX xodimiga ma’muriy bayonnomani yo‘q qilish hamda mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 400 dollar taklif qilgan. Xodim bu haqda tegishli tashkilotga xabar bergan.
IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB JXX YHXB hamda prokuratura departamentining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda haydovchi YPX xodimiga xizmat xonasida 400 dollar bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura departamentining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Past Darg‘om tumanida 3-YPX xodimi haydovchi “Kobalt” mashinasini mast holatda boshqarib kelayotganini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va mashinani jarima maydoniga joylashtirgan.
Haydovchi YPX xodimiga ma’muriy bayonnomani yo‘q qilish hamda mashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 400 dollarni pora sifatida taklif qilgan. Xodim bu haqda tegishli tashkilotga xabar bergan.
IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB JXX YHXB hamda Past Darg‘om tuman prokuraturasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda haydovchi YPX xodimiga xizmat xonasida 400 dollar bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024